Akmalxo‘ja Mavlonov rasman Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi
Yana bir bosh prokuror o‘rinbosari Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarligiga o‘tdi.

Foto: Qonunchilik palatasi
Deputatlar bosh prokuror o‘rinbosari Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov nomzodini Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimi uchun ma'qullashdi.
«Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2021 yil 18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma'qulladilar», deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.
Shundan so‘ng, prezident farmonlari bilan Akmalxo‘ja Mavlonov Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, unga «Bojxona xizmati general-mayori» maxsus unvoni berilgan.
Davlat bojxona qo‘mitasiga 2018 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Murodjon Azimov (u ham bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari) bugun Qashqadaryo viloyati hokimligiga tayinlangandi.
Akmalxo‘ja Mavlonov 1975 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U turli yillarda Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2018 yil avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil iyunidan 2020 yil kuzigacha Namangan viloyati prokurori bo‘lgan, 2020 yil oktyabrida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytgandi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
Mavzuga oid

16:14 / 17.02.2025
Bojxona qo‘mitasi rahbari Yengil atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi

19:50 / 19.09.2022
Turizm bo‘yicha videoselektorda 2 vazirlik va 2 qo‘mita rahbarlari qat’iy ogohlantirildi

16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

21:04 / 10.04.2022