8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

23:31 / 01.07.2019 16528

Rossiyaning harakatlari sababli Ukraina va NATO harbiy mashg‘ulotlar rejasini o‘zgartirdi

Foto: Arxip Vereshchagin / TASS

Ukraina va NATOning Sea Breeze-2019 harbiy mashg‘ulotlari rejasi Rossiyaning Qora dengiz akvatoriyasidagi harakatlari sababli o‘zgardi. Bu haqda Ukraina davlat chegara xizmati xabar qildi.

«Shimoliy qo‘shnining suzish hududini kutilmaganda yopib qo‘yib kartalarni chalkashtirishga urinishi ko‘pmillatli shtabni cho‘chita olmaydi. Biz buni qo‘shimcha chaqiriq deb qabul qildik va shunga mos ravishda harakat qilishga tayyormiz. Hozirda manyovrlar hududiy jihatdan qayta rejalashtirildi», — dedi Ukraina qurolli kuchlari HDK qo‘mondoni Igor Voronchenko.

Rossiya Qora dengiz floti «ehtimoliy kutilmagan vaziyatlarda javob qaytarish uchun» NATO kemalarining Sea Breeze-2019 mashg‘ulotlaridagi harakatlarini kuzatmoqda, deb ma'lum qildi Rossiya mudofaa boshqaruvi milliy markazi.  

Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar o‘z mashg‘ulotlari davomida Qrim va Qora dengizning Kavkaz sohilida «Bal» va «Bastion» kemalarga qarshi raketa majmualarini joylashtirdi.

Sea Breeze-2019 xalqaro mashg‘ulotlari 1-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda 19ta mamlakatning 32 kemasi, 24 samolyoti va 900dan ortiq harbiylari ishtirok etadi.

Top