NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 29 aprel kuni Kiyevga taşrif buyurdi. Keng kölamli uruş boşlanganidan buyon u buning Ukrainaga uçinçi bor kelişidir. Bu taşrif oldindan anons qilinmagandi.

Ukraina prezidenti ofisi xabar qilişiça, muzokaralar çoğida Yyens Stoltenberg va Volodimir Zelenskiy «Rossiya tajovuzini qaytariş yöllari, Ukrainaning NATO bilan kelgusidagi hamkorligi hamda kuçlarni birlaştiriş imkoniyatlari» muhokama etilgan.

Uçraşuv yakunlariga köra ular birgalikda matbuot anjumani ötkazişgan. Unda Stoltenberg ğarb qurollari yetkazib berilişi hamda Kiyevning Şimoliy Atlantika alyansiga qöşilişi masalalarida şov-şuvli bayonotlar bermagan.

Zelenskiy Rossiya armiyasi Ukraina ğarb qurollarini kutayotgan vaziyatdan foydalanib qolişga urinayotganidan ogohlantirib, şuning uçun «ta’minotdagi operativlik tom ma’noda front barqarorlaştirilişini anglatişi»ni aytgan. «155-kalibrli artilleriya, uzoq masofaga harakatlanuvçi qurollar va havo hujumidan mudofaa, birinçi navbatda „Petriot“ tizimlari. Bular hamkorlarimizda bor bölgan qurollar va hozirda şu yerda, Ukrainada Rossiyaning terrorçilik ambitsiyalarini yöq qiliş ustida işlaş kerak. Rossiya armiyasi kelgusidagi hujum harakatlariga tayyorgarlik körmoqda. Va biz ittifoqçilarimiz bilan Rossiya yurişini barbod qilişimiz lozim», — degan Ukraina prezidenti.

U «qançadir [harbiy yordam] allaqaçon kela boşlagani», ammo hozirça bu «armiyani töldiriş va brigadalarni töliq qurollantiriş uçun» yetarli emasligini qöşimça qilgan.

NATO boş kotibi bunga javoban Ukrainaning hamkorlari qurol yetkazib berişda keçikayotganini tan olgan. «Men prezident Zelenskiy va Oliy Rada bilan rostgöy bölaman, NATO böyiça ittifoqçilar sönggi oylar davomida berilgan va’dalarni bajara olmadi. Qöşma Ştatlar paketni kelişişga olti oy vaqt sarfladi, Yevropadagi ittifoqçilar esa biz va’da qilgan öq-dorilarni yetkazib bermadi. Ammo hozir işonçim komilki, barçasi özgaradi», — deya Stoltenbergdan iqtibos keltirgan «RBK-Ukraina».

Şuningdek, NATO boş kotibi Volodimir Zelenskiyni alyansning iyul oyida Vaşingtonda bölib ötadigan sammitiga taklif etgan. Şu bilan birga, u Kiyev mazkur sammitda alyansga a’zolik uçun rasmiy taklif olişi mumkinligiga şubha bildirgan.

«Bu qarorni qabul qiliş uçun bizga barça ittifoqçilarning roziligi kerak, köpçilik bölişi yetarli emas, konsensus kerak, ya’ni barça 32 a’zoning roziligi. Va iyuldagi sammitga qadar şunday kelişuvga erişa olişimizga közim yetmayapti. Ammo men hisoblaymanki, biz Ukrainani a’zolikka yanada yaqinlaştirayotganimizni va Ukraina bizga imkon qadar tez fursatda tölaqonli a’zo sifatida qöşilişini xohlaşimizni namoyiş etamiz», — deya Stoltenbergning sözlarini