Rossiyaning NATOga a’zo davlatlarga nisbatan «gibrid hujumlari» bilan boğliq «sönggi paytlarda amalga oşirilgan zararli faoliyati» «ittifoqçilar xavfsizligiga tahdid» keltirib çiqaradi va ularni «çuqur taşvişga solmoqda». Bu haqda Şimoliy Atlantika alyansining 2 may, payşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanganidek, sönggi paytlarda «Rossiya davlatning duşmanlik harakatlari» Çexiya, Estoniya, Latviya, Litva, Polşa, şuningdek, Germaniya va Britaniyaga ta’sir körsatdi. Ular bir qator şaxslarga nisbatan tergov va ayblovlar bilan yakunlandi, deyiladi press-relizda.

«Uşbu hodisalar Rossiyaning yevroatlantika mintaqasida, jumladan, alyans doirasida va işonçli vakillari orqali amalga oşirayotgan faollaşgan kampaniyasining bir qismidir. Ularga diversiya, zöravonlik harakatlari, kiber va elektron aralaşuvlar, dezinformatsiya kampaniyalari va boşqa gibrid operatsiyalar kiradi», deya ma’lum qildi NATO.

Hujjatda NATO alyans a’zolariga qarşi gibrid hujumlar körinişi deb hisoblagan Rossiya harakatlarining aniq misollari keltirilmagan. 

Alyans Moskvani xalqaro majburiyatlarga rioya qilişga çaqirdi 

Ayni paytda, press-relizda ta’kidlanişiça, NATO ittifoqçilari ham alohida, ham jamoaviy tarzda bunday tahdidlarga qarşi kuraşişda birlaşiş niyatida. 

«Biz Rossiyaning xatti-harakatini qoralaymiz va uni ittifoqçilar singari xalqaro majburiyatlarini hurmat qilişga çaqiramiz. Rossiyaning harakatlari ittifoqçilarning Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişiga tösqinlik qila olmaydi», - deya bayonot berdi NATOga a’zo davlatlar.

Rossiyaning Germaniyadagi josuslik faoliyati haqida 

23 aprel kuni Konstitutsiyani himoya qiliş federal idorasi (BfV) rahbari Tomas Xaldenvang DW naşriga bergan intervyusida Rossiyani «eng şafqatsiz vositalar bilan uruş olib borişga tayyor va diversiyadan tap tortmaydigan mamlakat» deb atadi.

Uning sözlariga köra, nemis razvedka xizmatlari «Rossiya doimiy ravişda Germaniya manfaatlariga zarar yetkazadigan josuslik faoliyatini olib borişini» biladi, ammo Berlin bunga qarşilik körsatişga tayyor.