8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:57 / 02.07.2019 3355

«Startaplarni realizatsiya qilishda mablag‘ asosiy rol o‘ynamaydi». Hindistonlik ekspert bilan O‘zbekiston IT sektorini rivojlantirish xususida suhbat

Hindiston axborot texnologiyalari sohasida ancha ilg‘or mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda IT-industriyaning mamlakat YaIMdagi ulushi 7,7 foizni tashkil qiladi. AKT yo‘nalishida mamlakatning 4 millionga (Hindiston fuqarolari esa 1 milliarddan oshgan) yaqin fuqaro mehnat qiladi va o‘tgan yili shu sohaning o‘zidan 185 mlrd.AQSh dollari miqdorida daromad kelgan.

Qizig‘i shundaki, sohaga e'tibor atigi 25-30 yil ilgari boshlangan. Qisqa muddat ichida bunday muvaffaqiyatga erishish imkonsiz emas.

Hindiston tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekistonda ham axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish tomon dadil qadamlar ko‘zga tashlanyapti. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkentda dastlabki IT-Park tashkil qilindi. Hindistonda shu kabi IT-Parklarni birlashtirgan STPI (Software Technology Parks of India) Hindiston dasturiy mahsulotlari va texnologiya parklari uyushmasidan taklif qilingan yetakchi mutaxassis Jayaram Partasarti loyihaga boshchilik qilmoqda. Ekspert texnopark faoliyati xususida gapirdi.

IT-Park qachon tashkil topdi va uning maqsadi nima?

2019 yil yanvar oyida o‘z faoliyatini boshlagan IT-Park innovatsion g‘oyalarni realizatsiya qilish, bu bo‘yicha mutaxassislar yetishtirish, umuman olganda, axborot kommunikatsiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. Shuningdek, IT-Park o‘z faoliyati bilan axborot texnologiyalari sohasiga aloqador bo‘lgan startaplarni g‘oya ko‘rinishidan to prototip ko‘rinishiga qadar olib kelishga ko‘maklashadi. Eng katta maqsad - O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yunalishida startap loyihalari uchun eko-muhitni rivojlantirishdir.

IT-Park tarkibi qanday tuzilgan?

·        Inkubatsiya va akseleratsiya​ (incubation and acceleration programs) dasturlari;

·        davlat jamg‘armalari hisobidan shakllantirilgan venchur moliyalashtirish va xususiy investorlar;

·        IT-mutaxassislarni tayyorlovchi IT-akademiya;

·        zamonaviy, qulay kovorking maydonlari va ofislari;

·        buxgalteriya va marketing xizmatlari;

·        Inkubatsiya (incubation). O‘z nomi bilan ma'lumki, bu dasturda qatnashchilarga ularning g‘oyalarini qanday qilib minimal hayotiy mahsulot ko‘rinishiga yani prototipga olib kelish uchun va AT sohasida biznes yuritishda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar sohada katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan beriladi.

·        Akseleratsiya​ (acceleration). Ikkinchi dasturda, startapchilarga o‘zlari yaratgan dasturiy mahsulot va xizmatlarni yanada takomillashtirish, ularni bozorda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish kabi masalalarda ko‘rsatma va maslahatlar beriladi. Uch oydan ko‘proq vaqt mobaynida ishtirokchilar o‘z ishlanmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. IT-Park dasturlarida talabgor staptaperlar sakkizta yo‘nalishdan birini tanlab qatnashishlari mumkin (it-park.uz/en/acceleration/).

it-park.uz saytida onlayn ariza shakli joylashtirilgan. Arizachi o‘zi haqida shaxsiy ma'lumot va loyihasi haqida berilgan savollarga javob berishi so‘raladi. Arizalar qabul qilish jarayoni yakunlangandan so‘ng 20 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

20 ish kunidan so‘ng arizachi bilan bog‘lanishadi. Uning g‘oyasi yoki tayyor startap loyihasi IT-Park yo‘nalishlariga mos bo‘lsa, qabul xay'ati oldida o‘z taqdimotini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng arizachi dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

·        IT-tadbirlar: tanlov, ko‘rgazma, targ‘ibot-tashviqot ishlari, turli haftaliklar;

·        aholining internet bilan ta'minlanish darajasi va uning tezligini oshirish;

·        ko‘proq texnoparklar tashkil etish;

·        ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalarini fan sifatida o‘qitish. Nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikma shakllantirish.

IT-Park startapchilarga qanday yordam beroladi?

Innovatsion g‘oyasi bor, ammo uni qanday takomillashtirish va hayotga tatbiq qilishni bilmayotgan yoki axborot texnologiyalariga qiziqib, shu sohada faoliyat olib borishni istaganlar uchun texnopark ikkita dastur e'lon qilgan. Ular quyidagilar:

Dasturga qatnashish uchun nima qilish kerak?

Qatnashish shartlari oddiy:

Inkubatsiya dasturiga joriy yilning 4 iyunidan 10 iyuliga qadar qabul e'lon qilingan. Hozirgacha 30 dan ortiq ariza qabul qilindi. Nomzodlarning g‘oyalari asosan elektron tijorat va mobil ilovalar yaratish yo‘nalishlarida.

O‘zbekistonda axborot kommunikatsiyalari bozorini shakllantirishda qilinishi zarur ishlar va hind tajribasi

Bu yo‘nalishda quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur:

Qashshoq mamlakatlar qatorida turuvchi Hindiston qanday qilib sun'iy intellekt yaratmoqda? Hukumat amalga oshirgan islohotlar barchaga qiziq. Barcha rivojlanishlarga hukumatning axborot texnologiyalarini qo‘llab quvvatlovchi davlat dasturi va aholining ingliz tili bilimi sabab bo‘ldi. Davlat dasturi axborot texnologiyalari sohasidagi eksport salohiyatiga ega bo‘lgan kompaniyalarga barcha turdagi kompyuter va boshqa qurilmalarni bojxona to‘lovisiz olib kirish imkonini beradi. Dastur avvaliga STPI (Software and Technology Parks of India – Hindiston dasturiy mahsulotlar va texnologiya parklari) orqali amalga oshirildi va bunda AT sohasida eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar yuridik shaxslar uchun solinadigan foyda solig‘idan xam ozod etilgan.

Hozirgi kunga kelib, axborot texnologiyalari mamlakat iqtisodiyotida o‘z o‘rnini topgach, Hindiston hukumati turli xil tuzilmalar yordamida jumladan, startap fondlarini yaratish asnosida startap loyihalarga ko‘proq etibor qaratmoqda.

Jamg‘arma tashkil qilish, undan startaplarni realizatsiya qilishda foydalanish Hindistonda 5 yil oldin yo‘lga qo‘yilgan. Ungacha yuqoridagi shaklda soha rivojlantirilgan. Axborot texnologiyalarida yuqori natijalarga erishish, masalan, startaplarni realizatsiya qilish uchun mablag‘ asosiy rol o‘ynamaydi, deb o‘ylayman. Tizimli yondashuv va to‘g‘ri boshqaruv orqali boshlangan islohot o‘z ortidan mablag‘ni ham olib keladi.

O‘zbekistonda IT sektor rivojiga nimalar to‘siq bo‘lyapti?

Texnopark inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha mutaxassisi so‘zlariga ko‘ra, IT-bozorning chuqur tahlili va monitoringi o‘tkazilmaydi. Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 7000 dan ortiq IT-tuzilmalar bor. Ular asosan veb-dasturlar, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, to‘lov tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanishadi. Bor ma'lumotlar faqat shundan iborat. Bu kompaniyalar qanaqa intellektual mahsulot ishlab chiqishyapti? Ularning bozori qayerda? YaIMdagi ulushi bormi? Savollar ochiq qolyapti. Bozorda vaziyat qanday ekanligini bilish imkonsizligicha qolyapti. Ma'lumotlar ochiqligi ta'minlanishi va bozor tahlili bilan alohida mutaxassislar shug‘ullanishi zarur.

Muhabbat Ma'mirova suhbatlashdi

Top