Kasb etikasi qoidalarining maqsadi – nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlarida yuksak kasbiy madaniyatni şakllantiriş, jamoatçilik ongida sud-ekspertlik faoliyatiga bölgan hurmat va işonçni oşiriş hamda nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari sud ekspertlarining odob-axloq qoidalariga zid bölgan xatti-harakatlarining oldini oliş.
Qoidalar quyidagilarni belgilaydi: kasb etikasiga oid asosiy prinsiplar; sud ekspertlarining kasb etikasiga qöyiladigan talablar.
Quyidagilar sud ekspertlari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi: sud ekspertining mustaqilligi; sud-ekspertlik faoliyatini amalga oşirişda qonuniylikka rioya qiliş; sud-ekspertlik faoliyatini amalga oşirişda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etiş; tadqiqotlarning xolisligi va töliqligi.
Sud ekspertiga qöyiladigan asosiy talablar: xizmat vazifalarini vijdonan va yuqori professional darajada bajariş; mehnat intizomi, kasb etikasi va iş yuritiş qoidalariga qat’iy rioya qiliş, iş vaqtidan oqilona va samarali foydalaniş; sud-tibbiy ekspertizasini ötkaziş uçun zarur uskuna va materiallardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanişni ta’minlaş; xizmat mavqeyidan foydalanmaslik; öz faoliyatida korrupsiyaviy holatlar vujudga kelişining oldini oliş va boşqalar.











