Muhim xalqaro forumda AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Turkiya, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Sloveniya, Polşa, Gurjiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan yetakçi siyosatçilar, davlat arboblari, ekspertlar va olimlar iştirok etdi. Bundan taşqari BMT, BMT TD, YeI va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlarning bir qator vakillari ham qatnaşdi.
Xalqaro konferensiya işida yangilangan Konstitutsiyada öz ifodasini topayotgan muhim özgarişlar, ijtimoiy, huquqiy va dunyoviy davlat tamoyillarini rivojlantirişning, demokratik islohotlarni çuqurlaştirişning konstitutsiyaviy asoslari kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda inson huquqlari himoyasi, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaşning konstitutsiyaviy kafolatlari bilan boğliq normalar iştirokçilar muhokamasiga sabab böldi. Konstitutsiyaviy islohotlarning xususiy mulk daxlsizligi, erkin rivojlaniş, soğlom raqobat, tadbirkorlik, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi kabi ustuvor yönalişlariga bağişlangan uçinçi sessiyada ijtimoiy yönaltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanişining konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuçaytiriş – tadbirkorlik faoliyatining rivojlanişi, mamlakatning iqtisodiy ösişi va makroiqtisodiy barqarorligining eng muhim kafolati töğrisidagi ma’ruzalar köpçilikda qiziqiş uyğotdi.
Bundan taşqari, sessiyada yagona iqtisodiy makonni şakllantiriş, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi böyiça konstitutsiyaviy kafolatlarni kuçaytiriş bilan boğliq konstitutsiyaviy yangiliklar muhokama qilindi. Konferensiya iştirokçilari qulay va işbilarmonlik muhiti, yerga bölgan xususiy mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalalariga e’tibor qaratdi.

Davlat boşqaruvi tizimini modernizatsiya qiliş, davlat va jamiyat qurilişi tizimida fuqarolik jamiyati institutlari, şuningdek Ommaviy axborot vositalarning rolini kuçaytiriş, fuqarolik jamiyatining bazaviy asosi – fuqarolarning özini özi boşqariş va mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil ravişda hal qilişga bölgan huquqlarini kengaytiriş töğrisidagi konstitutsiyaviy yangiliklarga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiyada asosiy ma’ruzaçi hamda munozaralarda sözga çiqqan notiqlar Şuningdek, Konstitutsiyaning yangilanişi söngi olti yil içida erişilgan yutuqlarni mustahkamlaşi hamda inson qadrini yuksaltiriş va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantiriş orqali xalqparvar davlat barpo etiş, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur şartiga aylantiriş, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş va yuqori ösiş sur’atlarini ta’minlaş, adolatli ijtimoiy siyosat yuritiş, inson kapitalini rivojlantiriş, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlaş va sohani yangi bosqiçga olib çiqiş, milliy manfaatlardan kelib çiqqan holda umumbaşariy muammolarga yondaşiş, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuçaytiriş, oçiq, pragmatik va faol taşqi siyosat olib boriş böyiça yangi marralarni zabt etişga umid bildirildi.














