8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:20 / 03.07.2019 115611

GM Uzbekistan nomi o‘zgardi 

Foto: REUTERS

GM Uzbekistan kompaniyasi o‘z nomini UZAUTO MOTORS’ga o‘zgartirdi. Bundan Korporativ ma'lumot yagona portalidagi xabar darak beryapti.

Kompaniya kelgusi bir necha oy ichida o‘z nomini o‘zgartirishi haqidagi xabarlar fevral oyida tarqalgandi. O‘shanda «O‘zavtosanoat» «General Motors ulushini sotib olgani tufayli nom o‘zgarayotgani xabar berildi.

Nomni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror 26 iyun kuni bir ovozdan qabul qilindi. Ta'sis hujjatlaridagi tegishli o‘zgartirishlar 1 iyulda ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan 2008 yilda tashkil topgan bo‘lib, 10 yildan ziyod vaqt mobaynida «O‘zavtosanoat» va AQShning General Motors kompaniyasi qo‘shma korxonasi sifatida faoliyat olib bordi.

Top