Rasul Kuşerbayevning yozişiça, “Deputatlik sörovi” özi, Doniyor Ğaniyev, Nodir Jumayev, Bekmirza Eşmirzayev, Zafar Jalolov, Anvarxon Temirov tomonidan yuborilgan. Unda masalani Boş prokuratura mahkamasi tomonidan örganib, huquqiy baho beriş va jinoyat alomatlari bor yoki yöqligi yuzasidan öz nuqtayi nazarini bayon etiş söralgan.

“Köpçilik saylovçilarni qiziqtirayotgan sörov yuzasidan şu yilning 4 noyabr kuni boş prokuror örinbosari imzosi bilan xabarnoma şaklida javob xati oldik.

Boş prokuratura tomonidan 2020 yil 28 oktabr sanasi bilan röyxatdan ötkazilgan xabarnomada UzAuto Motors AJda ötkazilgan tekşirişda töplangan hujjatlar böyiça jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat işi qözğatiş rad etilganligi, agar tekşirişdan norozi bölsak qaror ustidan şikoyat qilişimiz mumkinligi ma'lum qilingan”, – deb yozadi Rasul Kuşerbayev. 

Uning ma'lum qilişiça, “Parlament nazorati töğrisida”gi qonunning 15-moddasiga muvofiq davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlarining mansabdor şaxslari Qonunçilik palatasi deputatining, Senat a'zosining söroviga, agar boşqa muddat belgilangan bölmasa, sörov olingan kundan e'tiboran ön kundan keçiktirmay yozma javob yuborişi, sörovga javob öz nomiga sörov yuborilgan mansabdor şaxs yoki uning vazifalarini vaqtinça bajarayotgan şaxs tomonidan imzolanişi belgilangan.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq, mansabdor şaxslar tomonidan parlament sörovini, deputat, senator sörovini körib çiqmasdan qoldiriş yoki ularni körib çiqiş muddatlarini uzrli sabablarsiz buziş yoxud ular yuzasidan bila turib notöğri ma'lumotlarni qasddan taqdim etiş, mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravaridan yetti baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. 

Joriy yilning iyul oyi oxirlarida Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi UzAuto Motors AJga nisbatan iş qözğatgandi.

Öz navbatida, UzAuto Motors bayonot bilan çiqib, avtomobillar narxi asosli va hozirgi vaziyatda narxni pasaytiriş imkonsiz ekanini ma'lum qildi.

Sentabr oyi örtalarida UzAuto Motors Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga asossiz oşirilgan narxlarni bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotiş böyiça körsatmasini öz içiga olgan qarori ustidan Toşkent şahar ma'muriy sudiga