GM Uzbekistan öz nomini kelgusi bir neça oy içida özgartiradi. Bu haqda Toşkentda seşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumani davomida xabar berilgan.

Kompaniyadan ma'lum qilişlariça, yangi nom haqida alohida e'lon qilinadi. «Özavtosanoat» muqaddam General Motors’ning uluşini sotib olgani tufayli öz nomini özgartirmoqda.

Xabar berilişiça, 2018 yilda avtomobillar va butlovçi qismlar eksporti 25,5 million AQŞ dollarini taşkil etgan. 2019 yilda bu körsatkiçni 118,6 million dollarga yetkaziş rejalaştirilmoqda. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlardan taşqari, Afğonistonga avtomobillarni yetkazib beriş boşlanadi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Eslatib ötamiz, 2018 yilda kompaniya 220 667 dona avtomobil işlab çiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor rekord 2018 yil dekabrida qayd etildi. Öşanda 34 117 avtomobil işlab çiqarildi.