8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:01 / 03.07.2019 2813

Qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni to‘lashni kechiktirish muddatini qayta ko‘rib chiqish taklif etilyapti 

Foto: iStock

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish muddatini qayta ko‘rib chiqish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Mamlakatimizda tadbirkorlarning tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish bo‘yicha belgilangan muddatni qayta ko‘rib chiqish kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 54-moddasi 6-qismida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborib, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni ularning undirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oy ichida teng ulushlarda to‘lashga haqli” ekanligi belgilangan. 

“Bizning fikrimizcha, tadbirkor olti oy ichida katta miqdordagi to‘lovni birdaniga to‘lay olmaydi, to‘lagan taqdirda ham keyinchalik to‘lovga qobiliyatsiz holatga kelib, faoliyati to‘xtab qolishi mumkin”, - deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Soliq kodeksining 54-moddasi 6-qismida belgilangan “olti oy”lik muddatni uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish taklif qilingan.

Top