8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:42 / 04.07.2019 10311

Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

2019 yil 25 may kuni soat 01:00larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib, 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top