8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:00 / 05.07.2019 11046

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tibbiyot fanlari nomzodi Dildora Rustamova ta'lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta'minlashga ixtisoslashgan Toshkent tibbiyot akademiyasining yangi Ko‘p tarmoqli klinikasi direktori etib tayinlandi.

D.Rustamova 1992 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida va 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. Shu vaqtgacha u Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi bosh shifokori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

«Prezidentimizning 2019 yil 6 maydagi «Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, shifokorlarning malakasini oshirish, ta'lim va ilm-fan jarayonlarini tibbiyot amaliyoti bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan edi. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasining birinchi, ikkinchi va uchinchi klinikalari negizida zamonaviy tibbiyot ta'lim klasterini yaratish orqali ushbu oliy ta'lim muassasasining Ko‘p tarmoqli klinikasini tashkil etish belgilangandi.

Ayni paytda mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ko‘p tarmoqli klinika tashkil etildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Top