Advokatdan vazirga maslahat
Yuristkadr Telegram kanali asosçisi Saidali Muxtoraliyev Soğliqni saqlaş vaziri Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toşkent şahar filiali boş şifokori lavozimida işlab kelgan taniqli onkolog şifokor, professor Ğolib Hakimov işi böyiça sud qarori ijrosini ta’minlamayotganini ma’lum qildi. Advokatga köra, vazir Amrillo Inoyatov uşbu masalada qabuliga kirgan huquqşunosga qöpol munosabatda bölgan.
“Keça MIB Şayxontohur tumani bölimi mas’ul xodimi bilan birga fuqaro Ğolib Hakimovni işga tiklaş böyiça sud qarorini ijro qilmagan Soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatovning qabuliga kirdik. Aytiş kerak, vazir Inoyatov biz bilan juda qöpol munosabatda böldi. Butun boşli SSV vaziriga yaraşmaydigan gaplar gapirildi: ya’ni sud qarorini ijro qilmaslik haqida.
Biz u kişiga Konstitutsiya böyiça sud qarorini kim bölişidan qat’i nazar, u vazirmi, u hokimmi bajarişga majburligini tuşuntirib çarçadik. Yöq, u fikrlarimizni qabul qilişni istamadi.
Bu uçraşuvdan SSV vaziri sud qarorlarini ijro qilmaydigan va mensimaydigan rahbarlardan biri ekani haqidagi fikrlarimiz yanada “tiniqlaşib” çiqdi. Örtada bölgan gaplarga batafsil töxtalib, maydalaşib ötiriş niyatim yöq. Lekin vazir Inoyatovga maslahatim: odamlar bilan gaplaşayotganda ehtiroslarni sal bölsa-da jilovlab oliş kerak. Va iloji bölsa, biroz mulohaza qilib, keyin gapirgan yaxşiroq.
Sud qarorini esa baribir ijro qilasiz, qonunlar bor va ular işlar ekan, ijro qilmasligingizga qöymaymiz.
Buyoği, iş Majburiy ijro byurosida: keça ma’muriy huquqbuzarlik fakti yanada oydinlaşdi, demak qonunbuzar vazirga tegişli tartibda ma’muriy jazo çoralari qöllanişi şart”, deya ta’kidlagan Saidali Muxtoraliyev.
Aslida nima bölgan edi?
Professor Ğolib Hakimov işi böyiça 2022 yil dekabr oyida Kun.uz ham suriştiruv olib borgan. Öşa vaqtda Soğliqni saqlaş vaziri bölgan Behzod Musayev ham sud qarori ijrosini ta’minlamagan.
Ğolib Hakimov sud ajrimi asosida soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toşkent şahar filiali boş şifokori lavozimidan çetlatilgan. Bunga professor rahbarlik qilayotgan şifoxonada bölim boşliği bölib işlovçi Alişer Mingboyevning ijtimoiy tarmoqlarga qilgan çiqişi ortidan filial mansabdor şaxslariga jinoiy iş qözğatilgani sabab bölgan. Öşanda Alişer Mingboyev Ğolib Hakimov boşçiligidagi bir guruh şaxslarni korrupsiyada ayblagan, qarşi taraf esa bu tuhmat ekanini








