Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlab 8 avgust kuni o‘tkazilgan hay’at yig‘ilishida to‘rt viloyat SSB boshliqlariga chora ko‘rildi, bir necha tibbiyot birlashmalari boshliqlari vazifasidan ozod etildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov raisligida olib borilgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida rejadagi 10 ta, Qashqadaryoda 9 ta, Sirdaryoda 5 ta oilaviy shifokor punktidan birortasi tashkil etilmagan.

Oilaviy yangi poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Birlamchi tizimni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika va mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish bo‘yicha davlat rahbari topshiriqlarini bajarishda yo‘l qo‘ygan sustkashligi uchun:

  • Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i B.Teshayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri M.Kurbanovga o‘rtacha oylik ish haqidan 30 foiz jarima;
  • Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Iminov, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i X.Hakimov, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Safoyev va Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Sodiqovga hayfsan intizomiy jazo choralarini qo‘llash belgilandi. 

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, vazir olib borilgan o‘rganishlar davomida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan profilaktik ko‘riklar va skrining dasturlarini amalga oshirish mexanizmi joylarda tibbiyot xodimlariga to‘liq tushuntirib berilmaganligi va jarayon tizimli nazoratga olinmaganligi sababli tarmoq rejalari noto‘g‘ri tuzilgani, ularning ijrosi talab darajasida bajarilmaganini ham tanqid qilgan.

Shundan kelib chiqib, davolash-profilaktika ishlarini talab darajasida tashkil etmagani, tibbiyot brigadalari faoliyatini tashkillashtirishda nazoratni susaytirgani, aholi reproduktiv salomatligi ko‘rsatkichlarining yomonlashgani uchun yig‘ilishda quyidagi xodimlar egallab turgan vazifasidan ozod etildi:

  • Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Yusupov;