8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:00 / 05.07.2019 16408

Sudoche ko‘lida yong‘in chiqdi. Tabiatga yetkazilgan talafotni maxsus komissiya o‘rganmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va turli internet nashrlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Muynoq tumanining Sudoche ko‘li hududidagi qurigan qamishzorlarda yong‘in kelib chiqqaniga doir xabarlar paydo bo‘ldi. Kun.uz Qoraqalpog‘iston Respublikasi mutasaddi idorasiga ushbu masalada murojaat qildi. Respublika Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi targ‘ibot guruhi katta muhandisi, leytenant Aybek Abdurahmonovning  Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Sudoche ko‘li o‘rtasidagi orollarda yong‘in chiqqan. 

Abdurahmonov yong‘in sababiga to‘xtalar ekan, o‘t balosi noqulay ob-havo sababli ro‘y bergan chaqmoq chaqishi natijasida paydo bo‘lgan. Ushbu taxmin esa, mazkur hududdagi «Akva Sanoat» davlat unitar korxonasi qorovulining ko‘rsatmalariga asoslangan. 

Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi targ‘ibot guruhi katta muhandisining aytishicha, yong‘in Mo‘ynoq shahridan 90-100 km uzoqlikda, Qo‘ng‘irot tumaniga yaqinroq hududda sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, ofatdan 50 km radiusda aholi punktlari mavjud emasligi bois, hech kim talafot ko‘rmagan, fuqarolar mol-mulkiga ziyon yetmagan. 

Shu bilan birga, yong‘in haqida 101 qisqa raqamiga murojaat kelib tushmagan. 

Abdurahmonovga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan talafotni Mo‘ynoq hokimligi va Atrof-muhit va ekologiya qo‘mitasi tuman bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh aniqlaydi. 

Top