8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:10 / 06.07.2019 6813

Qozog‘istonda ruxsat etilmagan miting qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar olib qo‘yildi

Qozog‘iston politsiyachilari Nur-Sulton va Olmaotadagi ruxsat etilmagan mitinglar qatnashchilaridan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

"Oltinchi iyul kuni Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida ruxsat etilmagan mitinglarni o‘tkazishga harakat qilindi. Prokuraturaning bir necha marta ogohlantirishiga qaramasdan, ayrim fuqarolar taqiqlangan ekstremistik tashkilot da'vatlariga berilishdi",- deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayrim miting qatnashchilari jamoat xavfsizligiga tahdid solishgan va politsiya bo‘linmalariga keltirilgan. Ulardan jarohat yetkazuvchi qurollar va tutunli shashkalar olib qo‘yilgan.

Top