8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

12:19 / 09.07.2019 5840

«Farg’ona-Avtomarkaz» dilerlik markazi rahbari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun vazifasidan ozod etildi

«UzAuto Motors» kompaniyasiga fuqarolardan «Farg’ona-Avtomarkaz» MChJ dilerlik markazi faoliyatiga doir kelib tushgan ko‘plab murojaatlarni o‘rganish natijasida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani uchun mazkur avtosalon rahbari va bir necha mas'ul xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Xususan, mazkur avtosalon o‘z faoliyati davomida yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan bir qator ariza va murojaatlarni tegishlicha yo‘naltirmagani aniqlangan.

Mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklangan.

«Agar siz dilerlik markazlarida yuqorida ko‘rsatilgan holatlarning guvohi bo‘lsangiz darhol 78 141 14 14 raqamlari orqali kompaniya «Ishonch telefoni»ga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Barcha qonunga xilof harakatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Kompaniya dilerlik korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash borasidagi amaliy harakatlarni davom ettiradi», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Teglar

Top