Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Özbekistonda pandemiya tufayli keçayotgan oğir vaziyat va şunday paytda ham tez yordam uçun avtomobillarini qimmat narxda sotişda davom etayotgan «Özavtomotors» kompaniyasiga jiddiy e'tirozlarini bayon qilgandi.
«Özavtomotors» kompaniyasi deputatga javob qaytarib, uning sözlariga öz e'tirozlarini bildirgandi.
Şundan söng deputat «Özavtomotors»ga qarşi navbatdagi bayonot bilan çiqdi.

«Men «Özavtosanoat» va «Özavtomotors» boşqa-boşqa taşkilot, deb hisoblardim. Biroq «Özavtomotors»ning mendan ranjib qilgan munosabatidan «Özavtomotors» kompaniyasi Özbekiston avtomobil bozoridagi barça iştirokçilarga teng imkoniyat va şaroitlar yaratib berişi kerak bölgan «Özavtosanoat»ni öziga tegişli tuzilma, deb hisoblaşi körinyapti. Bu «monopoliya kasalligi»ning asorati bölsa kerak. Yöqsa kompaniya «Özavtosanoat»ning işlarini öziga yopiştirib olişdan sal uyalgan bölardi. Yoki rostdanam «Özavtosanoat» va «Özavtomotors» nomi har xil, özi bitta taşkilotmi? Tuşunarsiz.
Men keçagi fikrimda uçta faktni keltirganman. Bular:
- «Özavtomotors»ning oşirilgan, ya'ni şu yil mart oyida butun xalqni norozi qilib kötarib olgan narxda hatto «Tez yordam» uçun ham «Damas» avtomobillarini sotayotganligi;
- Rossiyaning Ufa kabi şahrida köp miqdordagi avtomobillar oçiq osmon ostida taşlandiq turib qolsa ham Özbekiston xalqi özimizda qimmat, «defektli» va qiyin şartlarda avtomobillar sotib olişga majbur bölayotganligi;
- «Özavtomotors» xalqqa tanlov imkoniyatini bermaydigan monopolist bölib yaşab kelayotganligi.
«Özavtomotors» ayting-çi, bularning qaysi biri yolğon?
Deputat qanday bölişi kerakligi haqida özingiz tuşunmaydigan gaplar bilan hammani çalğitib, qonunlarni özgartiriş deputatlar qölida-ku, deb özingizni oqlamoqçi bölibsiz. Asosiy e'tiroz - sizning monopolist böla turib, xalq fikri bilan hisoblaşmasligingizda.









