8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:14 / 10.07.2019 6986

Trampni tanqid qilgan britaniyalik elchi iste'foga chiqishga qaror qildi

Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Kim Darrok iste'foga chiqishga ariza berdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi Britaniya tashqi ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

7 iyulda matbuotda elchining diplomatik yozishmalari chop etilgan. Darrok Londonga yozgan xatlarida AQSh prezidenti Donald Trampni “ishonchsiz, nokompetent, qobiliyatsiz” deb atagan. 8 iyulda Tramp bunga javoban AQSh ma'muriyati Darrok bilan boshqa ish olib bormasligini aytgan.

Darrok iste'foga ketish haqidagi arizani 10 iyulda berdi. Elchi o‘z vakolatlari muddati joriy yil keyinroq yakunlanishini eslatib o‘tgan, biroq joriy vaziyatda lavozimini tark etishi mas'uliyatli qadam bo‘lishi va o‘z o‘rnini yangi elchiga bo‘shatib berishini aytgan. 

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Darrokning iste'fosidan afsuslanish bildirgan.

Darrok cheklangan doiraga mo‘ljallangan maktublarida Trampning iqtisodiyotdagi yondashuvi jahon savdosini izdan chiqarishi, u Eronga hujum qilishi mumkinligi haqidagi fikrlarni bildirgan.

Bu vaziyatdan keyin Britaniya tashqi ishlar vazirligida elchining fikri vazirlik fikrini aks ettirmasligi va ma'lumotlar sizib chiqishi holati bo‘yicha tekshiruv boshlangani ma'lum qilingan. 

Top