8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:05 / 11.07.2019 14521

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning rasman birinchi shaxsiga aylandi

Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi Kim Chen In mamlakat konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilgandan keyin Shimoliy Koreyaning rasmiy rahbariga aylandi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi. 

Kim Chen In avval Shimoliy Koreya yetakchisi hisoblansa-da, mamlakatning nominal rahbari Oliy xalq yig‘ini prezidiumi raisi hisoblangan. Hozirda bu lavozimni Tsoy Ren Xe egallamoqda.  

Konstitutsiyaning yangilangan 100-moddasiga ko‘ra, endilikda “Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi mamlakatni bildiruvchi oliy yetakchisi hisoblanadi”.

12 aprelda Kim Chen In Shimoliy Koreya davlat kengashi raisi lavozimiga qayta saylangandi. Davlat kengashi raisi Oliy xalq yig‘ini tomonidan saylanadi. Uning vakolatlari muddati parlamentning joriy tarkibi vakolatlari muddati (5 yil) bilan mos keladi.   

Top