8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

15:32 / 11.07.2019 4752

O‘zbekiston va AQSh joriy yil birgalikda harbiy mashqlar o‘tkazishi mumkin 

Foto: AP

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bu hafta AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum ma'lum qildi.

«O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQShda yuqori darajada bir qancha uchrashuvlar o‘tkazadi. Xususan, vazir Pentagon va Vashingtondagi boshqa vazirliklarga boradi. Bundan tashqari, u bir nechta harbiy bazaga tashrif buyuradi. Bahodir Qurbonov Texas shtati, shuningdek, qator harbiy akademiyalarga borishi mumkin. 

Men qandaydir aniq hujjatlar imzolanadi, deb o‘ylamayman. Biroq, vazir birgalikdagi hamkorlik, ikki mamlakatning xavfsizlikni ta'minlash sohasidagi o‘zaro aloqalari, joriy yilda o‘zaro harbiy mashqlar o‘tkazish rejalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi», - dedi elchi.

Bundan oldin, AQSh O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berishi bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani ma'lum qilingandi.

Top