8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:10 / 11.07.2019 2332

O‘zbekiston YeTTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza berdi 

Joriy yilning 10 iyul kuni investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti bilan bankning Londondagi shtab-kvartirasida muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari: moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish va jalb etilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, yangi istiqbolli tashabbuslar hamda ularni amalga oshirish uchun imkoniyatlar muhokama qilindi. YeTTBning O‘zbekiston bank-moliya tizimini isloh qilishdagi ishtirokiga alohida e'tibor qaratildi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Chet ellik investorlar kengashini YeTTB qo‘llab-quvvatlovi hamda texnik ko‘magi yordamida tashkil etish va o‘tkazish doirasida hamkorlik variantlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, 2023 yil Samarqandda YeTTB Boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekistonning arizasi ham muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha umumiy pozitsiyani shakllantirishdi, hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha kelishuvlarga erishishdi. 

Top