Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
Shuningdek, suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarini amalga oshiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida sheriklikning yuksak darajasiga erishilgani, yaqin va samarali hamkorlik qilinayotgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda bankning mamlakatimizdagi loyihalari portfeli 4,4 milliard yevrodan oshgan, ularda xususiy sektor ulushi 70 foizga yaqinlashgan. Hamkorlik yo‘nalishlari va ko‘lamini, eng avvalo, kichik va o‘rta biznes, xotin-qizlar tadbirkorligi, muqobil energetika, raqamli texnologiyalar kabi sohalarda kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasida yangi Sheriklik strategiyasi qabul qilingan.
Bankning faol ko‘magi va bevosita ishtirokida davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash tadbirlari olib borilmoqda, bank-moliya sohasida yirik bitimlar amalga oshirilgan, «yashil» energetika, transport infratuzilmasi, ekologiya, va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Davlat rahbari suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi, «yashil» shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Bo‘lajak Xorijiy investorlar kengashi majlisining kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
10:05 / 11.02.2026