8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:57 / 13.07.2019 16756

O‘zbekistonda barcha buxgalterlar uchun yagona tizim ishga tushirilib, undan foydalanganlar faoliyati tekshirilmaydi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2019 yil 1 dekabrga qadar buxgalterlar uchun yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

Unga ko‘ra buxgalteriya hisobini amalga oshirish hamda soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasida real vaqt rejimida ma'lumotlar bilan almashish imkonini beruvchi, buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimi joriy qilinadi, soliq hisobotini topshirish tizimiga integratsiya qilinib, hisobotlarni taqdim etish avtomatlashtiriladi.

Dasturiy mahsulotning yaratilishidan maqsad tadbirkorlik sub'yektlariga qulayliklar yaratishdir.

Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimida soliqlarni hisoblab chiqarish sodda, oson bo‘lganligi sababli aksariyat sub'yektlarda hisobchi (buxgalter) mavjud emas yoki mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslar buxgalter vazifasini bajarib kelmoqda.

Misol uchun, birgina QQSni to‘lash tizimiga o‘tayotgan fermer xo‘jaliklarning 62 foizida bosh hisobchilarning mavjud emasligi sababli, ularda buxgalteriya hisobini yuritish va QQSni to‘g‘ri hisoblashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Dasturiy mahsulotning amaliyotga joriy qilinishi har qanday foydalanuvchi uchun qulay sharoitni yaratish bilan bir qatorda soliqlarni hisoblanishida ko‘maklashuvchi va hisobchilarning bilim saviyasini oshirishga imkon yaratuvchi vosita bo‘lib qoladi.

Natijada:

soliq to‘lovchilar tomonidan soliq majburiyatlari bajarilishida qulay sharoit yaratiladi;

tadbirkorlik sub'yektlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun moddiy va mehnatga oid xarajatlar tejaladi;

«onlayn» rejimida masofaviy muloqot usullari o‘rnatiladi;

davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hujjatlaridan masofaviy tarzda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;

soliq tekshiruvlarini o‘tkazish va soliq tizimida korrupsion omillar qisqartiriladi.

Top