8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:57 / 13.07.2019 92051

O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 sentyabridan eng kam ish haqi miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoni 1-bandida:

ikkinchi xatboshidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almashtirildi;

uchinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirildi;

to‘rtinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirildi.

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda to‘lashni ta'minlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etildi.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM) lavozim maoshi, ustama, qo‘shimcha pul, gonorarlar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari, oziq-ovqat, yo‘l va rag‘batlantiruvchi boshqa turdagi to‘lovlar, ish haqini hisoblashda qo‘llaniladigan chegara miqdor, qonunchilik bilan belgilangan chegirib qolish hamda ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlar aniqlash maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qo‘llaniladi.

MHEKM egalik shakli va mehnat munosabatlaridan qat'i nazar, belgilangan mehnat normalarini to‘liq bajargan ishchilar mehnatiga haq to‘lashning past chegarasi sifatida barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo‘ladi.

Bazaviy hisoblangan summa (BHS) soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash, shuningdek, oilaning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtojligini aniqlashda qo‘llaniladi.

Hisoblangan pensiya ko‘rsatkichi (HPK) pensiya va ijtimoiy ta'minot sohasida qo‘llaniluvchi, pensiya, ustama, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarni hisoblash, shuningdek, mehnatdagi mayiblik bo‘yicha munosabatlar uchun qo‘llaniladi.

Top