Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Mehnatga haq tölaş, pensiya, nafaqa va boşqa tölovlar miqdorini aniqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi Prezident farmoni loyihasi joylaştirildi. Farmon loyihasi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.
Hujjat iş haqi miqdorini aniqlaş tartibini takomillaştiriş, mehnatga haq tölaş, pensiyalar belgilaş va jarima hamda yiğimlar undiriş örtasida boğliqlik şartini yöqotiş maqsadida qabul qilinadi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, joriy yilning 1 iyulidan:
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM) 577 170 söm;
- bazaviy hisoblangan summa (BHS) - 202 730 söm;
- hisoblangan pensiya körsatkiçi (HPK) - 202 730 sömni taşkil qiladi.
Farmon loyihasida ta'kidlanişiça, MHEKM mutlaq summada belgilanadi va «1,0» tarif koeffitsiyenti bilan Mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasi birinçi razryadi oylik tarif stavkasi sondagi qiymati sanaladi. Bundan taşqari, MHEKM lavozim maoşi, ustama, qöşimça pul, gonorarlar, qöşimça iş uçun kompensatsiya tölovlari, oziq-ovqat, yöl va rağbatlantiruvçi boşqa turdagi tölovlar, iş haqini hisoblaşda qöllaniladigan çegara miqdor, qonunçilik bilan belgilangan çegirib qoliş hamda iş haqi miqdoriga boğliq bölgan boşqa tölovlar aniqlaş maqsadida mehnat munosabatlari sohasida qöllaniladi.
Şuningdek, MHEKM egalik şakli va mehnat munosabatlaridan qat'i nazar, belgilangan mehnat normalarini töliq bajargan işçilar mehnatiga haq tölaşning past çegarasi sifatida barça iş beruvçilar uçun majburiy böladi.
BHS soliqlar, yiğimlar, jarimalar, davlat bojlari, stipendiyalar va taqdim etiladigan davlat xizmatlari uçun boşqa tölovlar miqdorini aniqlaş, şuningdek, oilaning ijtimoiy qöllab-quvvatlovga muhtojligini aniqlaşda qöllaniladi.
«Belgilansinki, BHS patent, litsenziya va ma'lum bir turdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun boşqa tölovlar, taşkilotlar ustav va boşqa fondlari (kapital) miqdori, pul mablağlarisiz tölanuvçi aksiyalar qiymati, boşqa qimmatli qoğozlar, jamiyatlar aktivlari balans qiymati, mikrokreditlar hamda lizing çegara miqdori, şuningdek, boşqa moliyaviy-iqtisodiy körsatkiçlar bazasi sifatida qöllaniladi», - deyiladi farmon loyihasida.
Öz navbatida, HPK pensiya va ijtimoiy ta'minot sohasida qöllaniluvçi, pensiya, ustama, qöşimça tölovlar va kompensatsiyalarni hisoblaş, şuningdek, mehnatdagi mayiblik böyiça munosabatlar uçun qöllaniladi.

















