19:25 / 15.07.2019
5907
Agrobank – tezkor, innovatsion, interaktiv bank xizmatlari kengaymoqda

Joriy yilning 12 iyul kuni “Agrobank” ATB tomonidan “Chakana xizmatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda bank tomonidan aholi va bank mijozlarini, shuningdek, kichik biznes sub'yektlari hamda fermer xo‘jaliklarini tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, joriy qilingan yangi interaktiv xizmat turlari haqida so‘z bordi. Unda “Agrobank” ATB Bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Amanovning qayd etishicha, bugungi kunda bankning 950 dan ortiq infratuzilma shahobchalari bo‘lib, ya'ni 178 ta filial, 208 ta minibank, 95 ta maxsus kassa, 226 ta valuta ayirboshlash shahobchasi va 246 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shahobchalari orqali 223 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,5 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

Texnologiyalar juda tez rivojlanayotgan hamda raqobat darajasi chuqurlashayotgan zamonda, banklar uchun yangi va qulay xizmatlarni birinchi bo‘lib joriy etish faoliyatni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda Agrobank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan xizmatlarni alohida qayd etib o‘tildi.

Xususan, Agrobank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida birinchi bo‘lib o‘z mobil ilovasi orqali skoring tahlil asosida on-layn tarzda mikroqarz ajratish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu xizmat orqali 152 mingdan ortiq mijozga qariyb 130 mlrd. so‘mlik on-layn mikroqarz ajratildi.

Shuningdek, “Agro ekspress” milliy valutadagi pul o‘tkazmalari xizmati ushbu turdagi xizmatlar ichida birinchi bo‘lib joriy etildi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, bankning istalgan plastik kartasini rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda rasmiylashtirish va ushbu kartani mijozga bepul yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Xorijga safarga chiqayotgan mijozlar uchun bir vaqtning o‘zida milliy valuta va AQSh dollarida to‘lov imkoniyati mavjud bo‘lgan multivaluta karta muomalaga chiqarildi.

Bankning to‘lov terminallar soni 36 mingtaga, tarqatilgan plastik kartochkalar soni 2 mln. 477 mingtaga yetkazildi. Yil boshiga nisbatan terminallar soni 5 mingtaga, plastik kartalar soni 84 mingtaga ko‘paydi.

Respublikamizning barcha hududlarida 402 ta bankomat joylashtirildi, jumladan 300 ta yangi bankomat olib kelib o‘rnatildi. Bank tomonidan 2019 yil yakuniga qadar yana 1000 ta bankomat olib kelinadi.

Bankning “Internet banking” tizimiga ulangan mijozlar soni 37,5 ming, “Mobil-banking” xizmatidan foydalanilayotgan mijozlar soni 241 mingdan ortdi. “Mobil-banking” xizmati foydalanuvchilari yil boshigan nisbatan 136 mingtaga oshdi. 

Internet tarmog‘i hamda mobil telefon orqali bank xizmatlaridan foydalanish aholini ushbu xizmatlarga bo‘lgan qiziqishi va ishonchini orttirib, bir qator qulayliklar yaratmoqda. Xususan mijozlarda ushbu ilovaga ulanishda imkoniyatlar yaratish uchun filiallar xudulariga tekin Wi-Fi zonalarini o‘rnatildi.

Agrobank tomonidan kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bankning chakana xizmatlari sohasini rivojlantirish va inetraktiv bank xizmatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.

Anjuman so‘ngida jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: instagram.com/agrobank_uz

Feysbuk: fb.com/agrobankuzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top