16:07 / 15.07.2019
2043
«ASIA ALLIANCE BANK» – biznes yuritishda innovatsion yondashuv

«ASIA ALLIANCE BANK» aksiyadorlik tijorat bankiga 2009 yil 15 avgust kuni asos solingan. Joriy yilda bank o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda va ishonch bilan shuni ayta olamizki, bank butun faoliyati davrida o‘zini ishonchli va barqaror hamkor sifatida ko‘rsata oldi, shu bilan birga sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Vaqtning o‘sib borayotgan talablarini inobatga olgan holda, bankning asosiy ustuvor vazifalari taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish ustida tinimsiz ishlash va mahsulotlar turini ko‘paytirish hisoblanadi. Turli moliya segmentlarida ishtirok etish, uzluksiz professional yondoshuvni ta'minlagan holda bankka istalgan murakkablikdagi masalalarning kompleks yechimini taklif etish imkonini beradi.

Iqtisodiyot chakana biznesining dolzarb jihatlaridan biri plastik kartalar va to‘lovlarni amalga oshirishning barcha usullari sanaladi. Shu sababli, «ASIA ALLIANCE BANK» ushbu xizmat turiga bo‘lgan iste'molchilar talabi va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda katta e'tiborni biznesning mazkur yo‘nalishi rivojiga qaratmoqda. Hozirgi kunda «ASIA ALLIANCE BANK» iste'molchiga  milliy valuta to‘lov tizimda UzCard va HUMO, shuningdek, VISA, China Union Pay va MasterCard xalqaro plastik kartalarini taqdim etmoqda.

Iste'molchilarga qulaylik yaratish maqsadida, bankning savdo-xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida UzCard va HUMO tizimidagi savdo terminallari o‘rnatilgan. 24/7 rejimida naqd pulni yechish qulayligini ta'minlash uchun Toshkent va «ASIA ALLIANCE BANK» filiallari joylashgan viloyat markazlarida bank tomonidan milliy valuta va AQSh dollari qiymatida pul mablag‘larini yechib olishga imkon beruvchi bankomatlar o‘rnatilgan.  Qayd etish joizki, bankomat tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.

O‘z oldiga mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish sifati va sharoitlar qulayligini muntazam oshirishdek maqsadni qo‘ygan holda, «ASIA ALLIANCE BANK»ning ko‘p tarmoqli rivojlanishiga hissa qo‘shuvchi, o‘zida  an'anaviy va zamonaviy instrumentlarni uyg‘unlashtirgan distansion xizmat, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, internetdan foydalanish va elektron to‘lovlar kabi yangi texnologiyalar rivoji va ularning imkoniyatlariga katta urg‘u berilmoqda. «Korporativ internet-banking», «Alliance Mobile» «My Alliance» tizimlaridan foydalanish,  dunyoning istalgan nuqtasidan turib o‘z hisobingiz bo‘yicha to‘lov hujjatlari harakatini tun-u kun boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish, mablag‘ingizni tezkor depozitlarga joylashtirish, valutani masofadan turib konvertatsiya qilish, pul ayirboshlash, xizmat va tovarlar uchun to‘lovni o‘tkazish, kartadan kartaga R2R pul o‘tkazmalarini yuborish imkonini beradi. Bundan tashqari, bank web-saytida xususiy mijozlarga bank hisob varaqalari va plastik kartalar holati to‘g‘risida ma'lumot beruvchi «Shaxsiy kabinet» xizmati joriy etilgan. IT-texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan xizmat turlari bank xizmatlari segmentida raqobatbardoshlikni ta'minlashga yordam beradi. Karta mahsulotlarini ommalashtirish maqsadida, «ASIA ALLIANCE BANK» muntazam ravishda yutuqli sovrinlarga boy reklama kampaniyalarini o‘tkazib turadi.

Shuni qayd etish joizki, «ASIA ALLIANCE BANK» O‘zbekistonda ilk bor avtomatik tarzda qabul qilish, haqiqiyligini tekshirish, qayta hisoblash va katta miqdordagi pul saqlash uchun mo‘ljallangan hamda bank hisob raqamlariga pul o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini beruvchi zamonaviy uskunalar – avtomatlashtirilgan depozit mashinalari (ADM)ni joriy etdi. ADM inkassatsiya jarayonini amalga oshirish va katta qiymatdagi pul mablag‘larini tezkor, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali qayta ishlashga yordam beradi.  ADM yordamida mijozlar bank xodimi ishtirokisiz savdo tushumi (onlayn-inkassatsiya)ni topshirishlari, plastik kartani to‘ldirishlari va boshqa amallarni bajarishlari mumkin.

O‘tgan yillar kabi, «ASIA ALLIANCE BANK» bugungi kunda yuqori ish faolligini namoyish etmoqda, zamonaviy bank va IT-texnologiyalar asosida innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirishga katta e'tibor bergan holda moliyaviy faoliyatning dolzarb talab ko‘p bo‘lgan yo‘nalishlarini jadal rivojlantirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top