Ma'lumki, Muhtaram Prezidentimizning «Maktabgaça ta'lim tizimini yanada rağbatlantiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3651-sonli Qarori asosida maktabgaça ta'lim tizimini tubdan isloh qiliş va takomillaştiriş, maktabgaça ta'lim muassasalarini davlat tomonidan boşqarişning samarali tizimini yaratiş hamda uning moddiy texnika bazasini mustahkamlaş maqsadida bir qança vazifalar belgilangan.
Mazkur belgilangan vazifalarni ijrosini samarali va tizimli taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Özbekiston Respublikasining rivojlaniş Davlat dasturlarini moliyalaştiriş jamğarmasi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va «ASIA ALLIANCE BANK» ATB örtasida, davlat-xususiy şerikçilik asosidagi bitimlarga asosan maktabgaça ta'lim muassasalarini taşkil etiş uçun umumiy qiymatda 20,040 mlrd. söm miqdorida kelişuvlar rasmiylaştirildi.

Uşbu kelişuvlarga asosan jamğarmadan jami 20,040 mlrd. söm mablağlar töliq jalb qilindi va Qaşqadaryo viloyatida nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarini moliyalaştiriş uçun mavjud 30 ta davlat-xususiy şerikçilik asosidagi bitimlar böyiça loyihalarni moliyalaştiriş uçun bankning Qarşi filiali tomonidan mablağ ajratildi.

Bugungi kunda taşabbuskorlar tomonidan ajratilgan mablağlar hisobiga maktabgaça ta'lim muassasalarini taşkil etilişi belgilangan obektlarda rejalaştirilgan quriliş, ta'mirlaş va jihozlaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib kelinmoqda.
Amalga oşirilayotgan işlar natijasida bugungi kunda 24 ta nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari tegişli litsenziyalar asosida öz faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Xususan, Qaşqadaryo viloyatining Muborak tumanida nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarini taşkil etiş maqsadida davlat-xususiy şerikçilik asosidagi bitimlarga asosan 3,7 mlrd. söm miqdoridagi mablağlar yönaltirildi. Şundan, mazkur tumanning «Yoşlik» MFYda «Jozibali ovoz-teremok» NMT nomli taşabbuskorning nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasini taşkil etiş loyihasi uçun 3,0 mlrd. söm yoki uşbu tumanga yönaltirilgan mablağning 81 foiz mablağlari ajratildi.




















