21:44 / 17.07.2019
10628

Pochta otkritkasi belgilangan manzilga 26 yildan keyin yetkazildi

Foto: Kim Draper

AQShning Springfild shahrida yashovchi Kim Draper 1993 yil bilan sanalangan pochta otkritkasini oldi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.

Noodatiy jo‘natma 8 iyulda kelgan. Dastlab ayol pochtachi manzilni adashtirgan deb o‘ylagan. Biroq u otkritkani sinchkovlik bilan o‘rganib, u uyning sobiq egalari Muhammad Ali Qizilbosh va Linaga roppa-rosa 26 yil avval yuborilganini aniqlagan. Maktubda ularning otasi Hongkong bo‘ylab sayohatini tasvirlab bergan. 

“Otkritka 26 yil pochtada chang bosib yotganini hisobga olsa u yaxshi saqlanib qolgan”, deb aytgan Draper jurnalistlar bilan suhbatda. Ayol otkritkada ismlari eslab o‘tilgan odamlarni topish ilinjida voqea haqida mahalliy OAVga so‘zlab bergan.

“Men biror kim mahalliy gazetada, ehtimol ularning yaqinlari yangilikni ko‘rib, men bilan bog‘lanishlariga umid qilgandim. Bu odamlar bilan tanishishni istayman. Axir otkritkani axlat chelakka tashlab yuborolmayman-u”, deb aytgan ayol.

Top