16:50 / 18.07.2019
11889
Eron Fors ko‘rfazida xorijiy tanker ushlanganini ma'lum qildi
Foto: AFP

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Fors ko‘rfazida xorijiy tankerni qo‘lga oldi.

Ma'lum qilinishicha, tanker kontrabanda yonilg‘i olib ketayotgan bo‘lgan. Ekipajning 12 a'zosi hibsga olingan, ularning millati va tankerning qaysi davlatga tegishli ekanligi ma'lum qilinmagan.

May va iyun oylarida AQSh Eronni Fors va Ummon ko‘rfazlarida tankerlarga hujum uyushtirishda ayblagandi. Tehron bu ayblovlarni rad etgan. 

11 iyulda AQSh va Buyuk Britaniya Eron katerlari Britaniyaning neft tankerini tutishga uringanini xabar qilgandi.

Top