16:22 / 18.07.2019
16573

YoXBB issiqdan yorilib ketgan o‘t o‘chirgichlar bo‘yicha izoh berdi

Foto: RIA Novosti/Aleksey MAlgavko

Internet tarmoqlarida avtotransport vositalarida mavjud bo‘lgan, suv-emulsiya tarkibli aerozol balloniga qadoqlangan birlamchi o‘t o‘chirgichlarning yorilish holati tasvirga olingan foto va videolavhalar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB ushbu foto va videolavhalarga munosabat bildirib chiqdi. Ma'lum qilinishicha:

1) ishlab chiqaruvchi korxonaning mazkur o‘t o‘chirgichlardan foydalanish yo‘riqnomasiga asosan o‘t o‘chirgichlardan havo harorati -10 darajadan +50 darajagacha bo‘lgan sharoitlarda foydalanish belgilab qo‘yilgan;

2) o‘t o‘chirgichdan foydalanish yo‘riqnomasini inobatga olgan holda, o‘t o‘chirgichlarni quyosh nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan (salonning old,  orqa va boshqa)  joylarga o‘rnatish taqiqlanadi;

3) yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur turdagi o‘t o‘chirgichlarni avtotransport vositalarining o‘rindiqlari tagida, yukxonasida yoki boshqa quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan joylarida saqlash tavsiya etilgan.

Mavzuga oid
Top