Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 10 aprel kuni «Özbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş, yonğin xavfsizligini ta'minlaşning sifatli yangiça tizimini tatbiq etiş töğrisida»gi farmon hamda «Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror imzolandi.
FVV xabariga köra, qabul qilingan hujjatlarga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga:
Içki işlar vazirligidan Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda Yonğin xavfsizligi instituti;
Mudofaa vazirligidan - Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir körsatişni boşqaruv xizmati berildi.
Şuningdek, Gidrometeorologiya xizmati markazi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga ötkazilmoqda.
Uşbu tuzilmalarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga berilişi munosabati bilan, vazirlik zimmasiga yonğin xavfsizligini ta'minlaş sohasida qator yangi vazifalar yuklatildi.
Yonğin xavfsizligi quyi tuzilmalari bazasida tegişli favqulodda vaziyatlar bölimlari va yonğin-qutqaruv tuzilmalari taşkil etilib, ularga yonğinlarni bartaraf etiş bilan birga qutqaruv işlarini amalga oşiriş vazifalari ham yuklatildi.
Favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş va boşqariş Milliy markazi hamda hududiy tezkor boşqaruv markazlari taşkil etilib, ularga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasida monitoring va prognozlaş vakolatlari berildi.
Nukus, Qarşi, Samarqand va Farğona şaharlarida yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş uçun möljallangan hududiy yonğin-qutqaruv otryadlari taşkil etilmoqda.
Ilmiy işlarni rivojlantiriş va kadrlarni tayyorlaş sohasida yagona tizimni taşkil etiş maqsadida:
Yonğin xavfsizligi instituti unga kunduzgi va sirtqi yönalişlar böyiça yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş böyiça vazifalarni yuklagan holda Akademiyaga aylantirilmoqda;

















