Bugun, 16 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident tomonidan 2019 yil 10 aprel kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş hamda yonğin xavfsizligini ta'minlaşning sifat jihatdan yangi mexanizmini joriy etiş töğrisida”gi farmon böyiça oçiq muloqot bölib ötdi.
Ma'lumotlarga köra, quyidagi tuzilmalar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berildi:
Içki işlar vazirligidan: Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda Yonğin xavfsizligi instituti;
Mudofaa vazirligidan: Gidrometeorologik jarayonlarga ta'sir körsatişni boşqaruv xizmati;
Gidrometeorologik xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga ötkazildi.
Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbirining “Yonğin xavfsizligi tizimining Içki işlar vazirligidan olinib, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berilişi vakolatlar çeklanişiga olib kelmaydimi? Ya'ni aholi ustidan profilaktik nazorat susaymaydimi?” - degan savoliga Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği Sanjar Zuparov şunday javob berdi:
– Farmonga köra, vazirlik özgargan bölsa-da, yonğin xavfsizligi, profilaktikasi böyiça barça vakolatlar tizimimizda saqlanib qolingan. Bu boradagi profilaktika jarayonida ta'sir çoralari, jumladan jarimalar öz örnida qoladi. Endi iş samaradorligiga kelsak, bizda oldin ham IIV va FVV özaro hamkorlikda iş olib borgan. Sababi, yonğin har ikki vazirlik bartaraf etişi lozim bölgan holat edi. Endi barça xizmatlar yagona tizimga birlaştirildi, tabiiyki bu işimiz samaradorligiga ijobiy ta'sir qiladi.

















