16:13 / 23.07.2019
11372

Xitoy AQShdan Hongkongdagi ishlarga aralashmaslikni talab qildi

Foto: REUTERS / Tyrone Siu

Qo‘shma Shtatlar Hongkongning ichki ishlariga aralashishdan o‘zini tiyishi kerak. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chuninga tayanib TASS xabar berdi.

"Hongkong – Xitoy hududi va bu maxsus ma'muriy rayon ishlariga biror xorijiy kuchning aralashishiga toqat qilib turolmaymiz. AQShdan Hongkongdan iflos qo‘llarini tortishini talab qilamiz", degan u.

Xua Chunin Amerika tomonining "Hongkongdagi demokratiya va so‘z erkinligini hurmat qilish" to‘g‘risidagi bayonotini u yerdagi voqealarga nisbatan mutlaqo qo‘llab bo‘lmasligini ta'kidlagan.

"Gap so‘z erkinligi haqida emas, Hongkong qonunchiligiga zid ekstremizm va zo‘ravonlik haqida bormoqda", - degan diplomat.

Bir necha hafta avval Hongkongda Xitoyga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar vaqti-vaqti bilan shu kungacha davom etib kelmoqda hamda politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz bergan.

Top