17:45 / 26.07.2019
11421

Ozarboyjon sohillari yaqinida Eron kemasi cho‘kib ketdi

Foto: Gunesdenizcilik.com

Ozarboyjonning Lenkoran porti yaqinida halokatga uchragan Eron yuk kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda Ozarboyjon davlat chegara xizmatiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, davlat dengiz agentligi milliy markaziga Lenkoran porti yaqinida Eron bayrog‘i ostida suzayotgan “shabaxeng” yuk kemasidan halokat signali kelib tushgan.

Voqea joyiga Ozarboyjon FVVning ikki vertolyoti va davlat chegara xizmatining qo‘riqchi kemasi yuborilgan. 

Kemaning 9 kishidan iborat ekipaji qutqarib qolingan.

"Kema cho‘kib ketdi. Ekipaj qutqarib qolindi", - deyiladi davlat chegara xizmati xabarida.

Mavzuga oid
Top