07:33 / 29.07.2019
12516
Navalniyga «krapivnitsa» tashxisi qo‘yildi
Foto: REUTERS

Hibsxonadan shifoxonaga keltirilgan Rossiya muxolifatchisi Aleksey Navalniyga «krapivnitsa» - eshakemi allergik reaksiyasi tashxisini qo‘yishdi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar qilmoqda. 

Qayd etilishicha, uni ko‘zdan kechirgan davolovchi shifokor shunday tashxis qo‘ygan. 

Bundan tashqari, Moskva shahrining bosh immunolog-allergologi ham ko‘rgan va Navalniyga «yuz va sohasida kontaktli dermatit va paraorbital sohada angioshish» tashxisini qo‘ygan. Aynan shu narsa, muxolifatchi yuzida toshma va shishlarni keltirib chiqargan. 

Aniqlik kiritilishicha, Navalniyning holati qoniqarli. Bugun unga shifoxonadan javob berish masalasi hal etiladi. 

Avvalroq, 30 kunlik hibsda saqlanish bilan jazolangan Navalniy allergiya tufayli shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid
Top