Allergiyani oldindan bilsa böladimi?
Hozirgaça dunyoda biror tibbiyotda allergiyani oldindan aytib beriş usuli yöq. U istalgan narsaga nisbatan paydo bölişi mumkin. Masalan, ovqatlar, ösimlik çangi, uy hayvonlarining sölagi va yungi, haşarotlar çaqişi, uy çangi va moğori, maişiy texnika, kosmetika vositalari, lateks — bularning istalgan biri inson immun tizimida öta tölqinli reaksiya keltirib çiqaradi. Allergiya har qanday insonda paydo bölişi mumkin. Olimlar aynan qaysi mexanizmlar immunitetda uşbu sirli körinişdagi nosozliklar keltirib çiqarişini hanuz aniqlaganlari yöq. Bu şuni anglatadiki, dunyoda allergiyadan töliq himoyalangan insonning özi yöq. Hozir bahor oyi bölgani sabab daraxtlar gullaşi, ösimliklardan ajraladigan çang zarralari immun tizimi zaiflaşgan kişilarda allergiyaga moyillikni yuzaga keltirişi mumkin.
Bahoriy allergiya belgilari
Bahor oyida allergiyaning paydo bölişi va belgilari haqida Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova ma’lumot berdi.
Şifokorga köra, mavsumiy allergiya asosan 20 mikrometrdan 50 mikrometrgaça bölgan ösimlik çangçalari tufayli paydo böladi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi. U asosan burun şilliq pardalari, yuqori nafas yöllari hamda köz konyunktivasiga ta’sir körsatadi.
Bu turdagi xastalikni uç davrga böliş mumkin.
- Ilk bosqiç mart oyi boşidan may oyi örtasigaça davom etadi. Ya’ni daraxtlar gullagan paytda bemorlarda xastalik qözğaladi.
- Ikkinçi bosqiç may oyidan iyul oxiri va avgust boşigaça kuzatiladi. Bu mavsumda dala ötlari gullaydi.
- Uçinçi bosqiç boşoqli ösimliklar gulga kirişi bilan boğliq bölib, u avgust oyidan noyabrgaça bölgan davrni öz içiga oladi.
Aslida inson allergen bilan töqnaşganda, allergik reaksiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oşiradi. Vaqt ötib, tana öziga xos yuqori reaksiyaga ega bölib, bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Bahorgi allergiya köpinça aksiriş, burunning bitişi, qiçişişi yoki köp miqdorda oqişi, közlarning şişişi, yoşlanişi va ba’zan yötal bilan namoyon böladi. Şuningdek, teri köçişi, qiçişiş, quruqlaşiş, qizariş va undagi qizğiş toşmalar ham allergiyaga oid belgilardir.












