“Allergik kasalliklarning oldini oliş va davolaş sifatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Allergik kasalliklarning oldini oliş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida tibbiyotning birlamçi böğinidan boşlab allergik kasalliklarning epidemiologik körsatkiçlari ustidan nazorat kuçaytiriladi va manzilli skrining tekşiruvlari joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvardan allergik va immunologik kasalliklarga çalingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bölgan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul ta’minlaş tizimi yölga qöyiladi.
2024 yildan:
- allergik kasalliklar (şu jumladan mavsumiy allergiya) körsatkiçlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekşiruvlari ötkaziladi;
- hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yönalişida yuqori texnologik taşxislaş va davolaş amaliyotlari turlari bosqiçma-bosqiç 10 turdan 20 turgaça oşiriladi.
2024 yil 1 yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta taşkil qilinadi.
Toşkent şahri aholisi uçun allergik kasalliklar böyiça ixtisoslaştirilgan va şoşilinç tibbiy yordam markaz tomonidan körsatiladi.
2024 yildan quyidagilarni nazarda tutuvçi tizim joriy qilinadi:
- allergik kasalliklar keltirib çiqaruvçi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqaliş kölami hududlar kesimida örganilib, uning natijalari Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi;
- aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqaliş kölami töğrisidagi ma’lumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanişiga oid ma’lumotlar bilan birgalikda tegişli veb-sayt va boşqa manbalar orqali e’lon qilib boriladi.
2024 yil 1 aprelgaça allergik kasallikka çalingan bemorlarning elektron reyestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi.












