AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachilardan Vakillar palatasi vakili Jon Redklifni Milliy razvedka direktori lavozimiga ilgari suradi. Bu haqda Tramp Twitter sahifasida e'lon qildi.
«Texas shtatidan hurmatli Jon Redklif men tomonimdan Milliy razvedka direktorligiga ilgari suriladi. AQShning sobiq prokurori Jon (Redkliff) rahbar bo‘ladi va o‘zi sevuvchi mamlakatni ilhomlantiradi», - deb yozgan Oq uy rahbari.
Milliy razvedkaning hozirgi rahbari Den Kouts 15 avgustda o‘z lavozimini tark etadi, deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Avvalroq, Tramp Koutsni lavozimidan ozod etishni rejalashtirayotgani haqida OAVda xabarlar paydo bo‘lgandi. Ta'kidlanishicha, Kouts ikki yillik faoliyati davomida mamlakatning muhim xavfsizlik masalalari borasida Tramp bilan bir necha bor tortishib qolgan.