16:14 / 30.07.2019
7699

Afg‘onistonda harbiy operatsiya davomida 50dan ortiq toliblar yo‘q qilindi

Foto: REUTERS

Afg‘oniston kuch ishlatish tizimlari Bog‘lon viloyatidagi operatsiya davomida “Tolibon” harakatining 50dan ortiq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.

"Shaxin" harbiy korpusi ma'lumotiga ko‘ra, operatsiya chog‘ida 52 jangari o‘ldirilgan, yana 33 nafari yaralangan.

Hukumat kuchlari shuningdek, qurol va o‘q-dorilarni musodara qilgan.

Avvalroq Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a'zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma'lum qilgandi.

Top