08:51 / 02.08.2019
56286

Toshkentda pensionerni 2,7 mlrd so‘mga «uxlatib» ketishdi

Illyustrativ foto

2019 yil 29 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan xabar tushgan, deb ma'lumot berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil avgust oyida Shayxontohur tumanida yashovchi 37 yoshli G.K., M.Ulug‘bek tumanida yashovchi, MChJ rahbari 67 yoshli B.N.ga poligrafik uskunalarini olib berishini va birgalikda biznesni davom ettirishini va'da qilgan.

Bu shaxs bank orqali B.N.ning nomiga 2 700 000 000 so‘m pullarni kreditga olib, ushbu pullarni boshqa MChJ hisob raqamiga o‘tkazib, hech qanday uskunalarni olmasdan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Top