9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:54 / 04.08.2019 5832

Erdo‘g‘an Suriya sharqida yangi aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilishini e'lon qildi 

Turkiya qurolli kuchlari Suriya tomonidan chegarabo‘yi aholi punktlarining o‘qqa tutilishiga javoban Suriyada yangi aksilterrorchilik operatsiyasini boshlaydi. Anadolu Ajans nashrining xabar berishicha, bu haqda 4 avgustda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Bursada e'lon qilgan. 

“Bizning yangi maqsad – Frot daryosining sharqiy qismidir. Biz Suriyada yangi operatsiyaga tayyorligimiz haqida Rossiya va AQShni xabardor qildik”, deb aytgan Turkiya yetakchisi.

Biroq Erdo‘g‘an operatsiyaning boshlanishi muddatlari haqida ma'lum qilmagan.

Frot daryosining sharqiy qismi ayni vaqtda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd mudofaa otryadlari tomonidan nazorat qilinadi. 

26 iyulda Erdo‘g‘an Anadolu Ajans’ga Anqara Frotdan sharqda terrorchilikka chek qo‘ymoqchiligini ma'lum qilgandi.

Top