9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:31 / 06.08.2019 4345

Ming quti oq qog‘ozlar uchun olgan 23 000 000 so‘mni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan shaxslar ushlandi

2019 yil 2 avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tuman IIBga hujjatlar to‘plami tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 23 iyul kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Sebzor ko‘chasida yashovchi 23 yoshli S.X. va Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi 26 yoshli D.Sh.lar Avliyo ota ko‘chasida Namangan shahri Sheroziy ko‘chasida yashovchi 38 yoshli K.V.ga arzon narxda 1 000 quti A-4 formatidagi kanselyariya oq qog‘ozlarni olib berishlikni aytib, undan 23 000 000 so‘m pulini olgan va shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.X. va D.Sh.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top