Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB Mirobod tumanida fuqaro otib ketilgani haqida tarqalgan xabarni rad etdi
IIBBga ko‘ra, 21 noyabr kuni Mirobod tumanida Hyundai sonata rusumli avtomobil piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida bir fuqaro otib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 21 noyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko‘chalari chorrahasida 1998 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata rusumli avtomobilda piyodani urib yuborgan.
Oqibatda piyoda, 1982 yilda tug‘ilgan F.K. shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar. Sizlardan asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
18:13 / 27.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri IIBB huzuridagi qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi
12:40 / 14.01.2026
Mirobodda Kia va Tracker-2 to‘qnashdi, 3 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
16:01 / 10.11.2025
Toshkent IIBB: “o‘rindiqlarga shprits qo‘yib ketilyapti” degan videolar - yolg‘on
08:50 / 10.11.2025