11:25 / 07.08.2019
19782
Akmal Saidov: «Keyingi chaqiriqdagi parlament lobbizm to‘g‘risida qonun qabul qilishi mumkin»
Foto: KUN.UZ

Keyingi chaqiriqdagi parlament lobbichilik faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilishi mumkin. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktori Akmal Saidov xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat korrupsion sxemalarga qarshi kurashda yordam berishi kerak, bundan tashqari, ko‘plab mamlakatlarda lobbizm allaqachon qonunchilik darajasida mustahkamlab qo‘yilgan.

«Menimcha, keyingi chaqiriqdagi deputatlar uchun lobbizm to‘g‘risidagi qonun O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan sharoitda eng muhimlaridan biri bo‘ladi», - dedi Saidov.

O‘zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasiga so‘nggi saylovlar 2014 yil oxiri - 2015 yil boshida bo‘lib o‘tdi. Asosiy tur 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazildi. Qo‘shimcha ovoz berish 2015 yil 4 yanvar kuni 22 okrugda kuzatildi. Navbatdagi saylovlar shu yil oxirida start oladi.

 

Top