29 may kuni özini Çilonzor tuman IIB binosi 4-qavatidan taşlab yuborgani aytilayotgan 21 yoşli yigit vafot etdi. 4 iyun kuni esa Böka tumani IIB tezkor xodimlari 36 yoşli yigitni qiynab öldirişgani ma’lum böldi. Rasmiylar Çilonzor IIBda vafot etgan yigitning özini ayblayotgan bölsa, Böka tumanidagi fojiada tezkor xodimlarning qöli borligi tan olindi.

Bu ikki hodisa sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqning özbekzabon segmentida katta muhokamalarga sabab bölmoqda, OAV tomonidan ham keng yoritilmoqda. Lekin, özlarini Özbekistonda inson huquqlari “himoyaçi”si hisoblaydigan ikki yirik taşkilot xuddi bunday fojialar fonida lom-mim deyotgani yöq.

Bularning birinçisi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili – Ombudsman. 2021 yildan bu lavozimda Feruza Eşmatova faoliyat yuritmoqda. Aslida tuzilişidan mohiyati va falsafasi inson huquqlarini ta’minlaş, qiynoqlarning oldini olişga kömaklaşiş bölgan taşkilotning vazifasi qonunda ham belgilab qöyilgan.

Ya’ni Ombudsman, unga kimdir şikoyat qilmasa ham “inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi töğrisida axborot mavjud bölganda … öz taşabbusi bilan faktlar tekşiruvini ötkazişga haqlidir”.

Undan taşqari, Ombudsmanda jurnalistlarning “dostupi” bölmagan joylarga, mansabdorlarning oldiga navbatsiz kiriş, faktlarni tekşiriş huquqlari bor. Feruza Eşmatova jamiyatda katta rezonans uyğotgan bunday fojialarga munosabat bildirmagani ajablanarli. Ombudsman bu ikki fojia haqida eşitmay qolgan bölişi esa, şunçaki fojia.