9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

12:56 / 08.08.2019 2646

Andijonda “Saylov -2019” oldidan o‘quv-trening tashkil etildi

Andijon shahridagi “Yoshlar markazi” majmuasida Respublika Markaziy saylov komissiyasining tashabbusi bilan saylov uchastkalari faollari uchun uch kunlik seminar-trening tashkil etildi.  

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad - joriy yil dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda, saylov komissiyalari a'zolarini o‘qitish uchun trenerlar guruhini tayyorlash, ularni saylov qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilishdan iborat. 

Mashg‘ulotlarda saylov komissiyalari va ularning vakolatlarini amalda qo‘llash, saylov ishtirokchilarining maqomi, huquq va majburiyatlari, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish borasida maxsus o‘quv-dasturlar o‘qitiladi. Treningda amaliy mashg‘ulotlarni Milliy gvardiya institutining professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh olib bormoqda.

“Mazkur treninglar yakunlangach, sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar o‘z hududlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalariga jalb etilishi rejalashtirilgan 1344 nafar saylov komissiyalari faollari uchun maxsus tayyorlangan o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar olib boradilar”, deydi viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Ozodbek Saidov.

Treninglarda Andijon viloyatining 16 ta tuman va shahridan taklif etilgan 56 ta saylov bo‘yicha mutaxassislar trenerlikka tayyorlanmoqda.                                                                               

Elmurod Ermatov, Andijon  

Top