9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:34 / 08.08.2019 36187

Bishkekda Atamboyev tarafdorlari yig‘ilib, Jeenbekov ketishini talab qilishmoqda

Foto: Sputnik / Erkin Sadykov

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning bir necha yuz tarafdori 8 avgust Bishkekning markaziy maydoni Ala-Tooga kela boshladi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, maydonda mingga yaqin odam yig‘ilgan.   

Ular amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovning ketishini talab qilishgan. 

Mamlakat huquq-tartibot idoralari maydonga yig‘ilganlarni u yerdan siqib chiqara boshlashgan. Odamlarni tarqatish uchun yorug‘lik-shovqin granatalari qo‘llangan. 

Avvalroq Atamboyevning qarorgohi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘idan Bishkek tomon mingga yaqin odam yo‘l olgani ma'lum qilingan. Atamboyevning yana 30 ga yaqin tarafdori sobiq prezident so‘roq qilinayotgan milliy xavfsizlik binosi oldida navbatchilik qilgan.

8 avgustda Atamboyev Qirg‘iziston maxsus xizmatlariga taslim bo‘ldi. U Bishkekka olib ketilib, so‘ngra milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga yetkazilgan.

Top